Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlotni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, innovatsiya, energetika, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda aloqani kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Elchi Buyuk Britaniya hukumati mamlakatimizda so‘nggi yillarda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab quvvatlashini ta’kidladi.
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Buyuk Britaniya hukumati Afg‘oniston mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston bilan ikki tomonlama maslahatlashuvni davom ettirishdan manfaatdorligi ma’lum qilindi.
O‘zA