Buxorolik o‘quvchilar xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi
Buxorolik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida g‘oliblar safidan joy oldi. Bu haqida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 3 - 4 iyul kunlari onlayn tarzda Xalqaro matematika musobaqasi (IMC-2023) bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiadada 35 davlatdan jami 640 nafar o‘quvchi ishtirok etib, o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Sinovlarda buxorolik o‘quvchilar ham faol qatnashdi.

Natijalarga ko‘ra, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Nurmuhammad Otamurodov hamda Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o‘quvchilari Azamat Ikromov va Yusufjon Ortiqovlar yakkalik bahslarida bronza, jamoaviy hisobda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Zarif Komilov, O‘zA