Buxoroda yurish marafoni o‘tkazildi
Buxoroda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» festivali doirasida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilot mutasaddilari va xodimlari, sportchilar, harbiylar, yoshlar qatnashdi.

Marafonga viloyat hokimi Botir Zaripov boshchilik qildi.Tadbirda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarning faol ishtirokchisi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosov ham ishtirok etdi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan o‘quv-texnikalari ishtiroki ta’minlandi.

O‘n ming nafarga yaqinga yaqin marafon ishtirokchilari Buxoro shahridagi «Sitora» istirohat bog‘i oldidan Ark qo‘rg‘onigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

Zarif Komilov, O‘zA