Buxoroda yoshlar bandligi ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda viloyat aholisining 53 foizini yoshlar tashkil etadi. Joriy yilda viloyatdagi 544 ta mahallada “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar qiziqishi, iqtidori va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini individual tarzda o‘rganish maqsadida “xonadonbay” xatlov ishlari olib borildi. Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish orqali ular bandligini ta’minlash bo‘yicha 2 ming 247 nafar o‘g‘il-qiz kasb va tadbirkorlikka o‘qitilib, sertifikat berildi. Jumladan, ularning 1051 nafari Buxoro shahar “Ishga marhamat” monomarkazida, 859 nafari kasb-hunarga o‘qitish markazlarida, 337 nafari boshqa turdagi nodavlat notijorat o‘quv markazlarida tahsil olgan. Ushbu o‘quv markazlarida tahsil olib, sertifikat olgan yoshlar tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik, Web dasturchi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini olib bormoqda. Shu bilan birga, 19 ming 207 nafar yoshga yashash joyidan uzoq bo‘lmagan hududda 5 ming gektar unumdor yer maydonlari ajratildi. Ushbu yerlarning 822 gektariga boshoqli don, 950 gektariga poliz mahsulotlari, 532 gektariga kartoshka, 1154 gektariga sabzavot, 840 gektariga dukkakli mahsulotlar, 702 gektariga moyli ekinlar ekildi. Har bir yoshga ajratilgan yer bo‘yicha alohida reja tuzib, yosh omilkorlarga daromad topishida ko‘maklashilmoqda.
[gallery-19117]
“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida viloyatda jami 188 nafar yigit-qiz tahsil olmoqda. Shuningdek, “Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan nemis tili o‘quv kurslarida yoshlar A1, A2, B1 darajada darslarni o‘zlashtirmoqda. Loyiha doirasida joriy yil davomida jami 400 nafar yoshning nemis tili bo‘yicha o‘quv kursi xarajatlari qoplab berilishi rejalashtirilgan. “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida esa mobil ilova orqali xorijiy tillarni onlayn o‘rganayotgan yoshlar soni 133 ming 545 nafarni tashkil etadi. Shundan, xorijiy tillarni yuqori darajada o‘zlashtirib, sertifikat olgan yoshlar soni 19 ming 109 nafardan iborat. Bundan tashqari, mahallalardagi va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning intellektual salohiyatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” to‘garaklariga 90 ming 390 nafar va shaxmat to‘garaklariga 71 ming 356 nafar yosh qamrab olingan.
Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi mavsumi doirasida 544 ta mahallada 7 ming 616 ta turli tadbir va musobaqalar tashkil qilinib, ularga 370 ming 482 nafar yosh qamrab olindi. Viloyat bo‘yicha madaniyat, sport, IT, kitobxonlik va boshqa yo‘nalishlarda to‘garak va seksiyalar tashkil qilinib, ularga 64 ming 270 dan ziyod yosh jalb qilindi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA