Buxoroda xalqaro olimpiada o‘tkaziladi
Ko‘hna va boqiy Buxoro yana bir xalqaro tadbirga mezmonlik qilayapti.
O‘zbekistonda ilk marotaba Ab-u Ali ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro olimpiadada dunyoning 19 ta mamlakatidan 120 nafar iqtidorli yosh (30 ta jamoa) ishtirok etishi kutilmoqda.

Bugun erta tongdan xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun rossiyalik ishtirokchilar Buxoroga yetib keldi.

Mehmonlar Buxoro xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri