Buxoroda tibbiyot rivoji – aholi salomatligi kafolati
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy diagnostik va laboratoriya uskunalari bilan jihozlanishi natijasida aholiga malakali va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yanada kengaydi.
[gallery-29930]
Buxoro viloyati qon quyish stansiyasida donorlarga qulaylik bo‘lishi uchun qon bilan ishlash xizmati tizimida zamonaviy IXLA texnologiyasining joriy qilinishi qon xavfsizligini ta’minlash va qon orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, malakali shifokorlar tayyorlash, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rtasida profilaktika va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, sayyor tibbiy aksiyalar tashkil etish va aholiga yaqin hududlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti ham samarali yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi ishlar aholining tibbiy xizmatdan roziligini oshirish, inson salomatligini muhofaza qilish va hayot sifatini yaxshilashda muhim omil bo‘lmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA