Buxoroda podstansiyalar joriy ta’mirlanmoqda
FOTOREPORTAJ
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
[gallery-11273]
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoro viloyati bo‘yicha 22 ta 35/110 kV yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, elektr qurilmalarining texnik holati talab darajasiga keltirildi hamda sinov va sozlash ishlari olib borildi.
Ta’kidlash joiz, joriy ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining ortishi, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariyali o‘chishlarning oldi olinishi, aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA