Buxoroda gastronomik turizm rivojlanmoqda
"National Geographic Russia" o‘z internet saytida O‘zbekistonni gastronomik turizm uchun eng yaxshi mamlakat deya ta’rif bergan edi.
Haqiqatdan ham mamlakatimizga kelgan sayyohlar Buxoro oshi sofiysi, Toshkent to‘y oshi, Samarqand noni va voha tandir go‘shtning mazasini alohida e’tirof etishadi. Aslida bu borada har bir hududning o‘ziga xosligi, e’tibor tortadigan jihatlari ko‘p.
Buxoro viloyatida ham gastronomik turizmni rivojlantirish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaqinda viloyatga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir so‘lim restoran ish boshladi.
Bu Buxoro shahrining A.Boboqulov ko‘chasida “Samonur Taste Food” MCHJ tomonidan qurib bitkazilgan yangi “SAMONUR” deb nomlangan restorandir. Milliy hamda Yevropa taomlari tayyorlanadigan bu restoran bir vaqting o‘zida 150 kishini sig‘dira oladi.
Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Matbuot xizmati