Buxoro viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Buxoroda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Xususan, viloyatning Kogon tumanidagi “K.E.S.S.” MCHJ ish yurituvchisi I.M. jamiyatga qarashli issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulash orqali foydalanib kelgan. Oqibatda 3,7 milliard so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat ish yurituvchisi I.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

* * *
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijasida, yana bir qonunbuzarlik holatining oldi olindi.
Oldindan olingan ma’lumotlarga asoslangan tezkor guruh vakillari Kogon tumanida yashovchi fuqaroning xonadonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadondagi temir seyfda 203,3 gramm og‘irlikdagi kukunsimon porox mavjudligi aniqlandi.

Ayni paytda, ushbu portlovchi moddalar tegishli tartibda vaqtincha saqlovga olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri