Buxoro sayyohlarni qabul qilishga shay
Bundan tashqari, 6 ta yozgi bolalar oromgohi va dam olish joylari hamda sanatoriylarni oʻrganish jarayonida ularning mavsumga tayyorligi aniqlandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning viloyat departamenti hamda mahalliy hokimiyat idoralari masʼullaridan tarkib topgan ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatidagi 107 ta mehmonxona, 73 ta umumiy ovqatlanish obyektlari, 6 ta yozgi oromgoh va 2 ta sanatoriyning turistik mavsumga tayyorgarligi oʻrganildi.
Prezidentimizning 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmoniga muvofiq turizm sohasidagi subyektlar belgilangan sanitariya-gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda faoliyatini boshlashi kerak.

Viloyatdagi joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish obyektlarining sanitar holati oʻrganilib, ulardan 107 ta mehmonxonadan 77 tasida mavsumga tayyorgarlik monitoringi boʻyicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi guruh tomonidan sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya qilgan holda mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish obyektlariga faoliyatini qayta tiklash boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, 6 ta yozgi bolalar oromgohi va dam olish joylari hamda sanatoriylarni oʻrganish jarayonida ularning mavsumga tayyorligi aniqlandi.
Shu oʻrinda viloyatning “yashil” va “sariq” hududlarida joylashgan barcha madaniy meros obyektlari va ziyoratgohlar hamda 18 ta tarixiy muzeylar sanitariya talablariga toʻliq amal qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirib, mehmonlarga sifatli xizmat koʻrsatmoqda.