“Bunyodkor” va “Nasaf” g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvlarida Toshkentning “Bunyodkor” va Qarshining “Nasaf” jamoalari g‘alaba qozondi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvlarida Toshkentning “Bunyodkor” va Qarshining “Nasaf” jamoalari g‘alaba qozondi.Poytaxtimizda o‘tkazilgan bahsda “Bunyodkor” “Paxtakor” mehmoni bo‘ldi. O‘yinning 3-daqiqasida Dostonbek Hamdamovning aniq zarbasi evaziga mehmonlar hisobni ochdi. 24-daqiqada “Paxtakor” safida to‘p surayotgan Adnan Oraxovats vaziyatni tenglashtirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Zabihullo O‘rinboyevning goli “Bunyodkor”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
66-daqiqada Kaxi Maxaradze “Bunyodkor” darvozasiga to‘p kiritdi. “Bunyodkor” tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Akrom Komilov 75-daqiqada uzoq masofadan raqib darvozasiga aniq zarba yo‘llab, jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Qarshida kechgan “Nasaf” va “Lokomotiv” (Toshkent) jamoalari o‘rtasidagi bahsda maydon egalari raqibini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muxlislarini xushnud etdi. O‘yinning 14-daqiqasida Azamat Allaniyozov hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Shoxruh Gadoyev tomonidan kiritilgan gol qarshilik charm to‘p ustalarining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.