“Bunday bitim yoʻq va boʻlmaydiyam”
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 1” telekanali koʻrsatuvida Kuril orollarining Yaponiyaga berilishi haqidagi gap-soʻzlarga izoh berishiga toʻgʻri keldi.
Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya 1” telekanali koʻrsatuvida Kuril orollarining Yaponiyaga berilishi haqidagi gap-soʻzlarga izoh berishiga toʻgʻri keldi.
“Bu orollar boʻyicha separativ bitimlar haqida gaplar boʻlmoqda, bunday bitim yoʻq va boʻlmaydiyam”, dedi u. Unga koʻra, ikki davlat Prezidentlari muzokaralari 1956 yilgi bitimga asoslanadi, bu esa orollar oʻz-oʻzidan beriladi, degani emas. “Rossiya Yaponiyaning ittifoqchilik munosabatlarini, ayniqsa, AQSH bilan aloqalarini alohida hisobga oladi”.
Sindzo Abe orollar qaytarilsa, u yerda AQSH harbiy bazasi joylashtirilmasligini aytgan. Maʼlumot uchun, 1956 yilgi deklaratsiyada, Sobiq ittifoq Yaponiya bilan tinchlik bitimi imzolangach orollarni qaytarishi nazarda tutilgan. Eslatib oʻtamiz, sentyabrda Putin Yaponiyaga oldindan hech qanday shartlarsiz tinchlik bitimini imzolashni taklif qilgan, lekin Abe hududiy masalani hal qilmasdan buni amalga oshirib boʻlmasligini aytgan.