Bundan faqatgina Yevropa zarar koʻradi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Vashingtonning oʻrta va qisqa masofaga uchiriluvchi raketalarni tugatish boʻyicha xalqaro kelishuvdan chiqishga harakatini tanqid qildi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Vashingtonning oʻrta va qisqa masofaga uchiriluvchi raketalarni tugatish boʻyicha xalqaro kelishuvdan chiqishga harakatini tanqid qildi. Makronning fikricha, bundan faqatgina Yevropa zarar koʻradi. Bu haqdagi qarashlarini u Europe-1 axborot manbasi orqali maʼlum qildi. “Vaziyatni boʻrttirganim yoʻq, biz yirik davlatlarning qurollanishi xavf tugʻdiruvchi davrda yashayapmiz”, deydi Makron.
Avvalroq, Amerikaning bu qaroriga Italiya va Germaniya hukumati shunday munosabat bildirgan, hatto Germaniya bu borada NATOning navbatdan tashqari sammitini oʻtkazishni taklif qilgandi. London esa, oʻz navbatida, amerikalik hamkorlarini qoʻllab-quvvatlagan.