Bugungacha 18 ming gektardan ortiq maydonda yangi bog‘ barpo etildi
Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 173,6 ming gektar, shundan 88,6 ming gektarda intensiv va mevali bog‘lar hamda 85,1 ming gektarda uzumzorlar barpo etish belgilangan.
Soha mutaxassislari tomonidan joriy yilda jami 88,6 ming gektar yangi bog‘larni (shundan 11,8 ming gektar anorzor) barpo etish uchun 65,9 millon tup mevali daraxtlar hamda 92 mln dona tok ko‘chatlar talabi hisob-kitob qilingan.
Joriy yilda ko‘chat ekish ishlari har yilgidan erta boshlab yuborildi.
bugungi kungacha 18,1 ming gektar yangi bog‘ shundan 2,7 ming gektari anorzorlar va 14,3 ming gektar yangi tokzorlarga ko‘chatlar ekib bo‘lindi.
Yangidan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishda Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, va Farg‘ona viloyatlari peshqadamlik qilmoqdalar ya’ni ushbu viloyatlarda yillik rejaning 20-25 foizi miqdorida ekish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek fermer xo‘jaliklari va ko‘chat yetishtiruvchi xo‘jaliklar o‘rtasida 2021 yilda jami 85,1 ming gektarda yangi tokzorlar barpo etish uchun 340 mlrd.so‘mlik 89 mln.dona (86%) ko‘chat sotib olishga shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ko‘chatlarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda.
"O‘zagroinspeksiya"ning viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari ko‘chat yetishtiruvchilar tomonidan fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilayotgan barcha turdagi ko‘chatlarning sifati ustidan nazorat ishlarini olib bormoqdalar.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati