Bugun yurtimizning uchta hududida 73 nafar bemor koronavirusdan forigʻ boʻldi
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3262 nafar bemor sogʻaydi.
Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 nafar, Xorazm viloyatida 43 nafar, jami 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3262 nafar bemor sogʻaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 143 nafarga yetdi.
Bugungi kunda Xorazm viloyatida koronavirusdan sogʻayganlar soni 301 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5569 nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.