Bugun tug‘ilgan kun – Quvondiq Sanaqulov
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi – bosh direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov 1957 yil 12 iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan.
1979 yil Toshkent politexnika institutini (hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan. Muhandis-metallurg, texnika fanlari doktori, professor.
U “O‘zbekoltin” ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, G‘allaorol tumani hokimi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.
2008 yildan “Navoiy kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori, 2021 yildan hozirgi vaqtga qadar “Navoiy kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U 2004 yil “Do‘stlik” ordeni, 2009 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, 2011 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. 2015 yilda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
O‘zA