Bugun tug‘ilgan kun – Matnazar Abdulhakim (xotira)
Shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Matnazar Abdulhakim 1948 yil 20 fevralda Xorazm viloyati Urganch tumanida tug‘ilgan.
Matnazar Abdulhakim Rossiya Federatsiyasi Taganrog davlat pedagogika institutida tahsil olgan. U Urganch tuman ro‘znomasida bo‘lim mudiri, maktablarda rus tili va adabiyoti muallimi bo‘lib ishladi. Jurnalistika bilan shug‘ullandi. 1982-1997 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limida adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha Xorazm Ma’mun akademiyasida ilmiy xodim bo‘lib ishladi.
Dastlabki to‘plami – “Tiniq tonglar” 1982 yilda chop etildi. Shundan so‘ng “Fasllar qo‘shig‘i”, “Qor qo‘shig‘i”, “Mavj”, “Yonimdagi daryolar”, “Qorachiqdagi dunyo”, “Oydinlik”, “Bir quchoq gul”, “Iymon tuhfasi”, “Yolg‘iz yaproq”, “Yaldoni yoritgan nur”, “Javzo tashrifi”, “Ko‘prik” kabi kitoblari bosilib chiqdi.
Matnazar Abdulhakim badiiy tarjima bilan ham shug‘ullanib, Shayx Najmiddin Kubro, Shayx Majididdin Bag‘dodiy, Pahlavon Mahmud, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlarning ruboiy va g‘azallari, shuningdek, boshqa qator xalqlar shoirlarining she’rlarini o‘zbekchaga o‘girdi.
Shoir 2010 yilda vafot etgan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!