Bugun “Pravda Vostoka” gazetasi 105 yoshga to‘ldi
“Pravda Vostoka” gazetasi O‘zbekistondagi eng keksa ijtimoiy-siyosiy nashr sanaladi.
Gazeta 1917 yil 2 apreldan “Nasha gazeta” nomi bilan chop etila boshlangan. 1924 yildan “Pravda Vostoka” deya nomlangan gazeta 1975 yildan buyon har kuni nashr etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 yanvardagi qarori bilan “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasi nomi “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi deb o‘zgartirildi hamda ikkala gazeta bitta tahririyatga birlashdi.
Bugun gazetaning qariyb 30 ming (29836)-soni o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Gazeta o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘z o‘quvchilariga uzluksiz yetkazib berayotgan nashr bo‘lib, bugun mediakonvergensiya asosida zamonaviy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ham butun dunyoga axborot tarqatmoqda.
O‘zA