Bugun 324 maktab oʻquvchilarni qabul qildi
Yangi 2020/2021 oʻquv yili rasman joriy yilning 14-sentyabr kunidan boshlanadi.
Bugun, 7-sentyabrda 329 maktab faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.
Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazlari 5-sentyabrga qadar maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorlik holatini oʻrganib, jamoaga qoʻshimcha oʻquv-treninglar oʻtkazdi, bunday treninglar davom etmoqda.
Maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan tegishli qaror Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Yangi 2020/2021 oʻquv yili rasman joriy yilning 14-sentyabr kunidan boshlanadi.
Maʼlumot uchun, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada 5 million 500 ming ota-onadan 76 foizi taʼlim jarayonini maktabga qatnagan holda, yaʼni anʼanaviy shaklda olib borish tarafdori boʻlgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni maʼqul koʻrgan.