Bu lavozim haligacha egallanmadi
Sobiq respublikachi-senator Jon Keyl Pentagonni boshqarish taklifini rad qildi. Ungacha isteʼfodagi general, Prezident Donald Trampga harbiy sohada tez-tez maslahat beruvchi Jek Kin ham AQSH mudofaa mahkamasini boshqarishga koʻnmagandi.
Sobiq respublikachi-senator Jon Keyl Pentagonni boshqarish taklifini rad qildi. Ungacha isteʼfodagi general, Prezident Donald Trampga harbiy sohada tez-tez maslahat beruvchi Jek Kin ham AQSH mudofaa mahkamasini boshqarishga koʻnmagandi.Kin bu taklifni 2016 yildayoq rad qilgan, deyiladi “Politico” gazetasi xabarida. Nashr ikki holatda ham rad javobning sababini keltirmagan.
Eslatib oʻtamiz, shu paytgacha Pentagonni boshqarib turgan Jeyms Mettis Tramp bilan kelishmovchiliklar sabab isteʼfo bergan. Uning oʻrni haligacha vokant boʻlib turibdi.