BRIKS qanday o‘tdi? Erdog‘anning insoniyotga chaqirig‘i... (+video)
Jumadan jumagacha
O‘tayotgan hafta dunyo hamjamiyatining nigohi JARda o‘tgan BRIKS sammitiga qaratildi.
Tashkilotning joriy yilgi uchrashuvi haqida gapirishdan oldin, uning faoliyati haqida qisqacha to‘xtalamiz.
BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi) davlatlarida jami dunyo aholisining 40 foizidan ko‘pi, taxminan, 3 milliard 240 million kishi yashaydi. 2000-2026 yillarda BRIKSga a’zo mamlakatlar aholisi yana 625 millionga ko‘payishi kutilyapti. Sezilarli o‘sish, asosan, Hindiston va Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. BRIKS hozir jahon yalpi ichki mahsulotining 31,5 foizini ta’minlaydi. 2030 yilga borib bu ulush 50 foizdan oshishi taxmin qilinyapti.
Hisob-kitobga ko‘ra, 2023 yil BRIKSga a’zo mamlakatlarning umumiy yalpi ichki mahsuloti 27,6 trillion dollardan oshadi.
2020 yil BRIKSga Rossiya raislik qilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu mas’uliyat Hindistonga o‘tdi. 2022 yilda boshqaruvni Xitoy qabul qilib oldi. Bu haftada esa Janubiy Afrika tashkilotga raislik qildi. Ishtirokchilar asosiy urg‘uni iqtisodiy rivojlanirishga qaratgan. Jumladan, JAR prezidenti Siril Ramafosa tashkilot dunyo iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarni o‘zgartirishi mumkinligi haqida gapirgan.
Shuningdek, tashkilot yetakchilari a’zo davlatlarni kengaytirish uchun harakat qilyabdi. Misol uchun, yig‘ilishda onlayn qatnashgan Putin xalqaro va mintaqaviy masalalarda jipslashish, jumladan Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotida to‘laqonli a’zo sifatida ishtirok etish, shuningdek, BRIKSga qo‘shilishdan manfaatdorligini hisobga olish zarurligi ma’qullagan. XXR Raisi Si Szinpin esa BRIKSni “katta yettilik”ning geosiyosiy raqibiga aylantirishga chorlar ekan, jarayonni tezlashtirish kerakligini aytdi. BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan davlatlar 23 tadan ortiq bo‘lib, ular qatorida qo‘shni Qozog‘iston ham bor va Qosim – Jomart Toqayev sammitda onlayn tarzda qatnashgan. Argentina nashrlariga ko‘ra, Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr va BAA tashkilotning ya’ngi a’zolariga aylanadi.
Dunyo yetakchilarini yig‘adigan yana bir tashkilot G20 “katta yigirmatalik” uchrashuvida Jo Bayden ham ishtirok etishi va asosiy mavzu toza energiyaga o‘tish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘lishi xabar berildi. Sammit sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar, shuningdek, Rossiya – Ukraina ziddiyatining iqtisodiy va ijtimoiy zararlarini yumshatish haqida ham muzokara o‘tkazadi.
“TRT” nashriga ko‘ra, Turkiya prezidenti Ukraina uchun manfaatli bo‘lgan don shartnomasini tiklash harakatlarini davom ettiradi. Sentyabr oyida Putin bilan bu haqida gaplashishi mumkin. Turkiya esa Ukraina portlaridan don ortilgan kemalarning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlaridan to‘siqsiz o‘tishini kafolatlashga tayyor.
Siyosatchilar muzokara va boshqa masalalardan ortib yashil siyosat bilan shug‘ullanishga majbur. Dubay 2030 yilgacha to‘liq suvni qayta ishlashga o‘tmoqchi. Amirlikni global yashil iqtisodiyot markaziga aylantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlar kuchaygan. Turkiya yetakchisi esa butun insoniyatni va mamlakatdagi qirg‘oqchilik sabab fuqarolarni suvni tejashga chaqirgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wwlRhx3gaRQ" title="Jumadan JumagachaBRIKS qanday o‘tdi? Erdog‘anning insoniyotga chaqirig‘i..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Biz haftaning muhim deb bilgan xalqaro maydondagi xabarlarni saralashga harakat qildik. Hozircha shu. Salomat bo‘ling!
Sardorbek Poyonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA.