Bozorlarda narx-navo qimmatlashdimi?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi poytaxtimiz bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi poytaxtimiz bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziqovqat va qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 17 mart holatidagi narxlari
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farxod dehqon bozori (ikkalasi Toshkent) va Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli Markaziy dehqon bozorida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. Mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Yunusobod, Mirobod bozorida qayd etilgan – 34000 – 42000 so‘m.
Qo‘ygo‘shti
28 000 so‘mdan– 43 000 so‘mgacha
Engarzonnarx 1 kg.qo‘ygo‘shtiuchun Farxod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx yana o‘sha Yunusobod dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti 34000 – 43000 so‘mga.
Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12000so‘m.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 so‘m
Guruch
3 000 so‘mdan – 14000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3000 – 14 000 so‘m.
E’tiborlisi eng qimmat narx ham aynan shu yerda, Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan– 3000 – 14000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 500 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi “Farhod” dehqon bozori va Farg‘onada Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8500 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poyxtaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan –12500 so‘mgacha.
Un
1 700 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzonun Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un uchun narx 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4300 – 5 200so‘m.
1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Markaziy dehqon bozori, Farg‘ona markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500so‘m.
Tuxum
300 so‘mdan – 650 so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 - 650 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 100 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi "Chorsu" dehqon bozorida qayd etildi – 1100 so‘mdan – 2200 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda "Mirobod" dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 –3 000 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan – 18 000 so‘mgacha
Eng arzon narx “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan - 15000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 7 000 – 18000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan – 3500 so‘mgacha
Eng arzon narxFarg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narxJizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 3000 – 3500 so‘mgacha.