Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etmoqda
FOTOREPORTAJ
Yosh avlodning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” shiori ostidagi an’anaviy “Yoshlar ovozi” respublika tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dod egasi baxshichilik, an’anaviy ijro, estrada va opera yo‘nalishlarida o‘z iqtidorini ko‘rsatish uchun sahnaga chiqdi.
– O‘zida beshta bosqichni mujassam etgan “Yoshlar ovozi” tanlovi yildan- yilga yangi iqtidorlarni kashf etmoqda, - deydi Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi mas’ul xodimi Zohidjon Safarov. – Uning mahalla, sektor va tuman bosqichlarida 21 ming 200 yosh o‘g‘il-qiz saralandi. Viloyat bosqichida esa ularning 158 nafari o‘zgacha ishtiyoq va shijoat bilan o‘z salohiyatini sinab ko‘rdi.
[gallery-17236]
Tanlovning viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan iqtidor sohiblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘oliblar joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tadigan tanlovning respublika final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA