Botirjon Ergashev: "Vatanni sevish - maddohlik emas!" (+video)
Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan, bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, ta’lim-tarbiya topadigan joydir, safar qilsa, mudom qo‘msaydigan manzildir. Vatanni sevish, uning ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon ko‘zdan, qora kuchlardan himoya qilish, uning sha’nini yuqori ko‘tarish – bularning barchasi insonning fitratiga qo‘shib yaratilgan bir ne’matdir.
Vatanni sevish va ayniqsa, bu sevgini amalda namoyon qilish unchalik oson ish emas. Bu insondan juda katta jasoratni, bardoshni, chidamni talab qiladi. "Shaxsiy mulohaza" loyihasining bu galgi soni Vatanimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonasiga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botirjon Ergashev bilan Vatanni sevish, qadrlash, madh etishning o‘ziga xos zalvorli mashshaqqati, ijodkorning sofligi va maddohligi o‘rtasidagi chegara, yosh ijodkorlarning Uyushma tomonidan qanday qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/2f7BxOAIq-Y?si=FpW0Ur8-G12DdXKG" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA