Bo‘stonliqda turizm manzillari ko‘paymoqda
Toshkent viloyati “Chorvoq” turistik zonasida joylashgan yer maydonlari turizm infratuzilmasi ob’ektlari – zamonaviy mehmonxonalar, dam olish maskanlari, piknik va selfi zonalarni barpo etish sharti bilan sotilmoqda. Jumladan, 49,3 gektar yer maydoni ko‘p yillik ijara huquqi asosida ommaviy savdolarga chiqarilgan.
Bugungi kunda 11 lot (22,75 gektar) maydonlari 36,7 milliard so‘mga sotildi. O‘z navbatida samarali faoliyati uchun 12 tadbirkorga “Chorvoq” TRZ ishtirokchisi maqomi berildi. Muhimi, ijara huquqi asosida sotilgan yer maydonlariga belgilangan investitsiyaviy majburiyatlar to‘liq amalga oshirilishi natijasida 14,6 million dollar investitsiya kiritildi. Natijada 240 yangi ish o‘rini yaratildi.
Tashkilotga qarashli hududda qiymati 300,5 milliard so‘m bo‘lgan, 350 ish o‘rni yaratish majburiyatini o‘z ichiga olgan beshta 700 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, 1 elektro-eko qayiqlar xizmati hamda 1 besh qavatli turar joy barpo etilmoqda.




A.Musayev,O‘zA.