Bosniya va Gersegovinada zilzila sodir bo‘ldi
Bosniya va Gersegovinaning Mostar shahri yaqinida shanbaga o‘tar kechasi kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Talofat oqibatida 30 ta yer silkinishi sodir bo‘ldi, deyiladi «Interfaks.ru» ning Serb respublikasi teleradiokompaniyasi ma’lumotiga asoslangan xabarida.
Qayd etilishicha, eng kuchli silkinish kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 4,4 ballga baholangan.
Bir ayol olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Ayrim hududlardan jiddiy moddiy zarar ko‘rilgani xabar qilingan.
Yer silkinishlari qo‘shni davlatlar – Xorvatiya va Sloveniyada ham sezilgan.