Boshlang‘ich partiya tashkilotlari uchun o‘quv-seminar
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi binosida “Boshlang‘ich partiya tashkilotlari – partiya tayanchi” mavzusda partiyaning quyi bo‘g‘inlari vakillari uchun onlayn o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini jonlantirish, qo‘llab-quvvatlash, siyosiy jarayonlarda faolligini oshirish, a’zolar tarkibini qayta ko‘rib chiqish, mamlakatimizda va partiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar borasidagi tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, saylov qonunchiligini o‘rganishlariga ko‘maklashish maqsadiga qaratildi.
–Boshlang‘ich partiya tashkilotlari partiya uchun tayanch nuqta, - deydi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Kamola Abduvaliyeva. – Partiyani daraxt deb olsak, boshlang‘ich partiya tashkilotlari uning ildizi hisoblanadi. Ayni paytda viloyatda 485 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Bugun partiyalar va ularning quyi bo‘g‘inlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanmoqda. Ayniqsa, saylov jarayonlarida boshlang‘ich partiya tashkilotlarining faolligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotlari olida turgan qator vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalari o‘rganilib, tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilandi.
[gallery-3583]
Zuhriddin UMURZOQOV(surat), O‘zA