Bosh prokuratura: korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bizga murojaat qiling! (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan salbiy illat – korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida aholiga murojaat qildi.
Zero, bu masala joriy yilda juda dolzarb bo‘lib, davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qilingan.
Korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz – befarq bo‘lmang. Bu kabi holatlar haqida Bosh prokuraturaning “1161” raqamli “ishonch telefoni” orqali murojaat qiling.
Shuningdek, prokuratura, shu jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish hamda boshqa korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari haqida ham murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatingiz tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi hamda shaxsingiz oshkor etilmasligi kafolatlanadi.
Bosh prokuratura aholini korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishga chaqiradi. Zero, halollik va adolat – taraqqiyot garovi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XODo3jzydlQ" title="Bosh prokuratura: korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz,bizga murojaat qiling!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Abduraimova, Yo.Meliboyev (video), O‘zA