“Bolalar harakati” Respublika sardorlari o‘zining yangi loyihalarini taqdim etdi
Poytaxtimizda O‘zbekiston bolalar tashkiloti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, bolalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bolalar harakati” Respublika sardorlarining ilk maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etgan tadbirda Respublika sardorlari 2026-2027 o‘quv yili davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan o‘zlarining innovatsion loyihalari, ijtimoiy tashabbuslari va media-rejalarini rahbariyatga batafsil taqdim etdi.


Taqdim etilgan eng yaxshi taklif va tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida barcha g‘oyalarni yagona tizimga birlashtirib, yozgi ta’til mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish, “Yozni bolalar tashkiloti bilan!” shiori ostidagi maxsus dasturni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA