Bolalar bayramiga oz qoldi
1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu kun oddiy bayram emas, balki voyaga yetmagan farzandlarimizning haq-huquqlarini himoya qilishga oid choralar ham nazardan oʻtkaziladigan kundir.
Mazkur sana munosabati bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 24-sonli voyaga yetmaganlar jazoni ijro etish koloniyasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tashabbusi bilan BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda bolalar bayrami bilan tabriklanib, ular davlatning eʼtibori va gʻamxoʻrligida ekanligi taʼkidlandi.
Sanitariya - gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilingan holda oʻtkazilgan tadbir davomida bolalarni saqlashning shart-sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi holatlariga ham eʼtibor berildi.
Bundan asosiy maqsad – muassasa tarbiyalanuvchilarini vaqtlarini samarali oʻtkazish, sogʻligʻini mustahkamlash uchun sharoit yaratishdir.
Oʻrganish natijalariga koʻra, ularning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun oʻzlari yoqtirgan sport inventarlari, rasm chizish buyumlari, shaxmat va shashka anjomlari yetkazib berildi.