Bolajonlar uchun bayram tomoshalari
Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri jamoasi qishki ta’tilda bolajonlar uchun "Vaqt soati yoki Yangi yilning yangi sarguzashtlari" nomli sahnalashtirilgan shou-tomoshani tayyorlagan.
Mazkur teatrlashtirilgan dastur bolajonlarda katta taassurot qoldirmoqda. Ayniqsa, Qorbobo, Qorqiz, Sher, Quyon, Tulki kabi ertak qahramonlari orqali ko‘rsatilgan voqealar bolalarni ertaklar olamiga sayr qilish imkonini bermoqda.
Dastur davomida bevosita bolajonlar ishtirokidagi qiziqarli o‘yinlar, savol-javoblar tomoshalarga yanada yuqori kayfiyat ulashmoqda. Teatr jamoasining qishki ta’til kunlariga mo‘ljallangan sahna tomoshalari davom etmoqda.
M.Sulaymonov, O‘zA