Bo‘lajak farmatsevtlar bilan muloqot qilindi
Farmatsevtika texnik universitetida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Talabalar va yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda takliflar bilan chiqdi.


Tadbirda qayd etilganidek, мамлакатимизда farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi hamda mahalliy mahsulotlar hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kadrlar tayyorlash tizimiga ham yangi talablar qo‘ymoqda. Farmatsevtika texnik universitetida zamon talablariga mos ta’lim muhiti, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, startap hududi va biznes-inkubator faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Tadbir davomida “Bio Pharma City” hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar siyosati doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish va ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotda tatbiq etish bo‘yicha kelishib olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA