Bola quvonchi – olam quvonchi
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xo‘jayli tuman Kengashlari tomonidan tumanidagi 6-sonli skolioz bolalar uchun maxsus maktab – internatida “Bola quvonchi – olam quvonchi” mavzusida uchrashuv tadbiri o‘tkazildi.

“Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur» loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Nurlibay Qayipbergenov ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bolalar salomatligi yo‘lida barcha xodimlarning chinakam fidoyi mehnatlarini yuksak baholadi. O‘quvchilarning sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishiga tilak bildirdi. 
Tadbir davomida partiya tomonidan bolalar uchun tayyorlangan sovg‘alar topshirildi. Ushbu ta’lim muassasasidagi istak bildirgan xodimlar partiya safiga qabo‘l qilingan holda, boshlang‘ish partiya tashkiloti tuzildi.

Mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Partiya faollari tomonidan maxsus maktab-internat atrofiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA