Bokschilarimiz Fazliddin va Shahobiddin finalda
Tajribali bokschilarimiz – Fazliddin G‘oibnazarov va Shahobiddin Zoirov Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari finaliga chiqdi.
Tajribali bokschilarimiz – Fazliddin G‘oibnazarov va Shahobiddin Zoirov Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari finaliga chiqdi.
Vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashayotgan Fazliddin G‘oibnazarov yarim finalda rossiyalik jahon chempioni Vitaliy Dunaysevni mag‘lubiyatga uchratib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi.
Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida ringga chiqqan sportchimiz Shahobiddin Zoirov venesuelalik Yoel Segundo Finolni yengdi va Olimpiya oltin medali uchun bahsni davom ettiradigan bo‘ldi.