Boks: To‘rabek Habibullayev Olimpiadani g‘alaba bilan boshladi
Fransiya mezbonligida o‘tayotgan “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalari keskin va murosasiz o‘tmoqda.
Boks bahslarining -80 kg. vazn toifasida hamyurtimiz To‘rabek Habibullayev 1/8 final bosqichida Eumir Marsial (Filippin) bilan bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda vakilimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Shu tariqa, To‘rabek 2 avgust kuni chorak finalda turkiyalik Kaan Aykutsun va kubalik Arlen Kardona Lopez uchrashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA