Boks: Sankt-Peterburgdan ham xushxabarlar kutamiz
Polshada yoshlarimiz O‘zbek boks obro‘sini ko‘tarayotgan bir paytda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida, 19-24 aprel kunlariga belgilangan boks bo‘yicha "Gubernator kubogi" bahslari qizg‘in pallaga kirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaning yetakchilaridan hisoblanadi va sovrinlarga asosiy da’vogarlardan sanaladi. Rahmatjon Ro‘zioxunov, To‘lqin Qilichev, Istam Kabinov, Bahodir Erkayev, Farrux Qilichev, Davron Gafurov kabi terma jamoa murabbiylari xalqaro turnirga quyidagi tarkib bilan tashrif buyurishgan:
-49kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52kg: Shahobiddin Zoirov
-56kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-60kg: Abdumalik Halakov
-64kg: Elnur Abduraimov
-69kg: Bobousmon Baturov
-75kg: Fanat Qahramonov
-81kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
-91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov
Delegatsiyamizning yana bir kavili - Bekjon Yusupov esa musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boryapti.
Kecha besh nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. To‘rt nafar hamyurtimiz raqiblarini mag‘lub etishdi, birgina Sanjar Tursunov belaruslik raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan erta xayrlashdi.
Natijalar bilan tanishing:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Temirtas Jusupov (Qozog‘iston) - 3:2
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Franchesko Oysa (Italiya) - 5:0
-69 kg: Bobousmon Baturov - Aleksandr Rodionov (Belarus) - 5:0
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov - Sumit Sangvan (Hindiston) - 5:0
-91 kg: Sanjar Tursunov - Vladislav Smyaglikov (Belarus) - 1:4.
Bugun to‘rt nafar bokschimiz ringga chiqadi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Nurjigit Dyushebayev (Qirg‘iziston)
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov - Dacha Butdi (Tailand)
-63 kg: Elnur Abduraimov - Ilya Popov (Rossiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Artyom Fyodorov (Rossiya)
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00dan so‘ng boshlanadi.