Boks chempionatining 3-kunidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugun ayollar 52 kg., 60 kg., 63 kg., 70 kg., 81 kg. va +81 kg. vazn toifalarida janglar olib borgan bo‘lsa, erkaklar 54 kg., 57 kg., 60 kg., 67 kg., da o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.
[gallery-21403]
Sabina Razzoqova (Surxondaryo), Sitora Turdibekova (Samarqand), Mahliyo Habibullayeva (Jizzax), Ziyoda Yarashova (Buxoro), Dilorom Najimova (Toshkent viloyati), Nazira Xurramova (Surxondaryo), Madina Normatova (Jizzax), Zarafshon Xo‘jambergenova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar.
Shahzod Muzaffarov (Buxoro), Otabek Ismoilov (Buxoro), Mirzabek Mirzaxalilov (Farg‘ona), Oybek Jo‘rayev (Toshkent viloyati), Mirazizbek Mirzaxalilov (Farg‘ona), Mirali Mavlonov (Buxoro), Shakarboy Jo‘rayev (Toshkent viloyati), Sanjarbek Vahobov (Namangan) kabi bokschilar ham navbatdagi bosqichga yo‘l oldilar.
Chempionatning g‘olib va sovrindorlari 28 yanvar kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA