Bojxonachilar qadimiy tangalarni saqlab qoldi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” xodimlari tomonidan qadimiy numizmatika namunalarini olib chiqishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi. Bu haqida viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unda “Buxoro-Domodedovo” aviareysi orqali harakatlanayotgan fuqaroning kuzatib borilayotgan bagajining rentgen tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Mazkur holatda tegishli tartibda bojxona ko‘rigi o‘tkazilishi natijasida xorijiy yo‘nalishda haratlangan fuqaroning, hech qanday tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan holda jami 27 dona tarixiy tangalarni olib chiqishga bo‘lgan urunishi bartaraf etildi.

Ma’lumot uchun bojxona chegarasidan harakatlanish chog‘ida zarb etilganligiga 50 yildan oshgan tangalarni faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga asosan olib chiqib ketishga ruxsat etiladi.
Zarif Komilov, O‘zA