Bojxona postlari faoliyati oʻrganildi
Oʻzbekiston Eksportchilar uyushmasining Navoiy viloyati hududiy boʻlimi rahbari Sardor Gʻafforov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatdagi bojxona postlari faoliyati bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Eksportchilar uyushmasining Navoiy viloyati hududiy boʻlimi rahbari Sardor Gʻafforov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatdagi bojxona postlari faoliyati bilan tanishdi.
Tadbir jarayonida eksport faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga bojxona yoʻnalishida berilayotgan imtiyoz va qulayliklar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi. Bu borada “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi bojxona xizmatida eksportchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, mazkur jarayonning borishi koʻzdan kechirildi. Ishchi guruh hamda eksportchi tadbirkorlar ishtirokidagi suhbatda qator taklif va mulohazalar bildirildi.