Bobur Mirzo haqida film suratga olinmoqda
“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Inson” kinostudiyasi tomonidan Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti hamkorligida “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” nomli qisqa metrajli filmni suratga olish ishlari boshlandi.
Tasvirga olish ishlari Buxoro shahrining Mir Arab madrasasida olib borilmoqda.
[gallery-749]
Film ssenariysi postanovkachi rejissyor Bobur Sher o‘g‘li tomonidan taniqli adib Xayriddin Sultonovning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan. Filmda Umarshayx Mirzoning o‘g‘il farzand ko‘rish orzusi va Bobur Mirzoning dunyoga kelishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar badiiy to‘qimalar yordamida ochib beriladi.
Tarixiy-badiiy filmda Elbek Fayziyev, Boir Xolmirzayev, Tamara Hazratqulova, Marjona O‘ljayeva, Ma’ruf Otajonov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro etmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA