Bobomeros hunar bilan rizq topayotganlar
Qo‘shoqboy Jabborov Jizzax shahrining Jizzaxlik mahallasidagi mashhur kosiblaridan biri. Qirq besh yildirki, bobomeros hunar ortidan ro‘zg‘orini tebratib keladi.
Qo‘shoqboy aka hozirda 8 shogirdi hamda farzandlari bilan “Jizzax charm poyabzal“ xususiy ishlab chiqarish ustaxonasida buyurtma asosida poyabzal ishlab chiqarmoqda. Usta tikayotgan poyabzallar tabiiy charmdan, bejirim hamda sifatliligi bilan xaridorgir. Shu bilan birga, korxonada nogironlar uchun ham ortopedik poyabzallar tayyorlanadi.
[gallery-1492]
– Kosibchilik sirlarini otamdan o‘rganganimda hali maktab o‘quvchisi edim, – deydi Qo‘shoqboy aka.
– 15 yoshga to‘lganimda qiziqishimni sezgan otam meni tumandagi maishiy xizmat uyiga olib borgan va ikki yil kosibchilik qilib, mustaqil faoliyatimni boshlaganman.
Usta mahsulotlariga tobora oshib borayotgan talabdan kelib chiqib korxonasini kengaytirishni maqsad qilgan.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA