Bo‘lajak chempionlar maskani
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Samarqand viloyati boks bo‘yicha oliy sport mahorat maktabida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilayotir.

Maktab Prezidentimizning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan kapital ta’mirlanib, zamonaviy inventarlar bilan jihozlandi. Ayni paytda bu yerda 245 yosh bokschi mashg‘ulotlarga muntazam qatnashmoqda.
Sherbek Rahmatullayev, Zaur Umarov, Azizbek Boboqulov, Bekzod Istatov, Azamat Narzullayev, Ramizjon Abbosov kabi maktab tarbiyalanuvchilari mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.