BMT Kobulga gumanitar yordam jo‘natdi
BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi qish yaqinlashishi munosabati bilan Afg‘oniston poytaxti Kobulga gumanitar yordam yuklangan charter samolyot jo‘natdi. Bu haqda BMT sayti xabar berdi.
BAAning Sharja shahridan yuborilgan 33 tonnalik insonparvarlik yordami ixotalangan chodir, pol qoplamasi va isitish uskunalaridan iborat. Xuddi shunday yordam yana ikki reysda, 4 va 7 noyabr kunlari Kobul shahriga yetkaziladi.
bugungi kunda Afg‘onistonda gumanitar inqiroz kuchaygan, qish yaqinlashgani sari yordamga muhtoj oilalar soni ortmoqda. Qolaversa, doimiy yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan ba’zi oilalarda boshpana ham yo‘q.
Ma’lumot uchun, BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari tomonidan 2021 yil oxiriga qadar besh yuz mingga yaqin fuqaroga gumanitar yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.