BMT: G‘azodagi binolarning yarmidan ko‘pi vayron bo‘lgan
Hozirgacha G‘azo sektoridagi binolarning yarmidan ko‘pi vayron bo‘lgan.
Bu haqda BMT Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) ijtimoiy tarmoqda yozgan. Bayonotda aytilishicha, yuzaga kelgan vayronagarchilikni tiklash uchun yillar, urushning ruhiy jarohatidan qutulish uchun esa yanada ko‘proq vaqt kerak.