BMT: G‘azoda har 10 daqiqada bir bola vafot etyapti
G‘azo sektorida Isroil zarbasi tufayli har 10 daqiqada bir bola hayotdan ko‘z yumib, ikki nafari jarohatlanmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastin qochqinlariga yordam uchun mas’ul agentligi ma’lumotida keltirilgan.
Muassasa nizo asnosida oddiy aholini himoya qilishga chaqirgan.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda “G‘azo bolalar qabristoniga aylanib borayotgani”ni ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin anklavida “har kuni yuzlab o‘g‘il-qiz halok bo‘lyapti va yaralanyapti”.
BMT va gumanitar sheriklar 2,7 million kishiga – G‘azoning butun aholisi va G‘arbiy sohildagi yarim million falastinlikka, jumladan Sharqiy Quddusga yordam berish uchun 1,2 milliard dollarlik gumanitar yordam zarurligi to‘g‘risidagi murojaat bilan chiqdi.