“BMB Holding” Jizzax shahrida o‘z ofisini ochdi
Jizzax shahrida “BMB Holding” kompaniyasining barcha qulayliklarga ega, zamonaviy ofis binosi foydalanishga topshirildi. Binoning ochilishida Jizzax viloyat va shahar hokimligi, mehnat faxriylari, kompaniya xodimlari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda “BMB Holding” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov va boshqalar so‘zga chiqib, kompaniya tarixida yana bir muhim kun ekanini, bu voha iqtisodiyotini yuksalishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Ayni paytda, kompaniya tarkibidagi 30 dan ziyod korxonalarda umumiy hisobda 6 mingga yaqin doimiy, 80 mingga yaqin mavsumiy ishchilar faoliyat yuritmoqda. Tizimdagi korxonalar va xodimlarning aksariyati Jizzax viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
“BMB Holding”ning Jizzax ofisi Sharq va G‘arb me’morchiligining eng go‘zal namunalarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. Shuningdek, eng zamonaviy usulda bunyod etilgan hamda so‘nggi rusumdagi texnik vositalar bilan jihozlangan. Shu bilan bir qatorda, mazkur ofis binosida qulay sharoitlarga ega 100 kishilik konferensiya zali hamda 30 kishilik majlislar xonasi mavjud.
Shu bilan birga tadbirkorlarga investitsiyaviy loyihalar uchun konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro biznes va savdo aloqalarini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda logistika xizmatlarini ko‘rsatish, tadbirkor va fermerlarga eksport va import sohasida ko‘maklashish, hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
[gallery-18389]
– Bugungi kunga kelib, “BMB Holding” kompaniyasi respublikamizning 6 viloyatiga, Jizzax viloyatining 6 ta tumani va Jizzax shahriga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniyaga qarashli 30 ga yaqin korxona mavjud bo‘lsa, shulardan 5 tasi muvaffaqiyat bilan faol ish olib bormoqda. Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra kompaniya tomonidan 18 million AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi, – deydi “BMB Holding” kompaniyasi rahbari Bekzod Mamatqulov.
Kompaniya tasarrufidagi bugun bir yoshini nishonlayotgan “BMB Za’faron Restaurant” hamda “BMB Za’faron Hotel” majmualari yilning to‘rt faslida mahalliy aholi hamda xorijlik sayyohlarga hordiq chiqarish uchun shinam maskan hisoblanadi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/rGDdAY1M13w" title="“BMB Holding” Jizzax shahrida oʻz ofisini ochdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov, J.Yorbekov (video, surat), O‘zA.