Blatter mundial Qatarda o‘tishi xato, dedi
FIFA sobiq prezidenti Zepp Blatter Shveysariyaning “Tages-Anzeiger” gazetasiga bergan intervyusida Qatarga 2022 yilgi jahon chempionatini berish xato bo‘lganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, FIFA ijroiya qo‘mitasi a’zolari JCH-2018 Rossiyada, JCH-2022 esa, aslida, AQSHda o‘tishiga kelishgan. O‘shanda UEFA sobiq rahbari Mishel Platini tarafdorlari Qatarni yoqlab chiqqan va berilgan ovoz nisbati 14:8 ko‘rinishida Osiyo mamlakati foydasiga hal bo‘lgandi.
86 yoshli Blatter Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati tegrasidagi voqealar, jumladan, mamlakatda bunyod etilgan stadionlardagi qurilish natijasida vafot etganlar, inson erki bilan bog‘liq cheklovlar hamda musobaqa ikki haftalik muddatda o‘tishi kabi salbiy jihatlar kelib chiqayotganini aytgan.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA