Biznes va inson huquqlari
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan “Biznes va inson huquqlari” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan “Biznes va inson huquqlari” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Germaniyaning F.Ebert nomidagi jamg‘armasi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda deputatlar, davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik korpus vakillari, huquqshunos olimlar ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Tanzila Norboyeva, YeXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon Mak Gregor, F.Ebert nomidagi jamg‘armaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Naylya Rezyapova va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan xususiy mulkchilikni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Xususiy mulkchilik shakllarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi hamda aholi daromadlarining izchil oshishida muhim omil bo‘lmoqda. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band jami aholining 77 foizdan ortig‘i mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushi so‘nggi besh yilda 47,1 foizdan 52 foizga o‘sgani aholi daromadlarini yanada ko‘paytirish, odamlar hayot darajasi va sifatini yaxshilashda sohaning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, xususiy sektorning ijtimoiy masalalarni hal etishdagi o‘rni tobora oshib bormoqda. Bu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda yanada dolzarb tus olmoqda. Binobarin, so‘nggi o‘n yillikda geoiqtisodiyotdagi bo‘hronlar oqibatida ham davlat, ham biznes vakillari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha javobgarlikni oshirdi.
Xalqaro hujjatlarga muvofiq, inson huquqlarining ta’minlanishi korporativ javobgarlikning asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. Bu borada BMTning ishbilarmon doiralar faoliyatining asoslari, inson huquqlarining umume’tirof etilgan prinsiplari, mehnat standartlariga rioya qilish, atrof-muhitni himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida ko‘plab hujjatlari qabul qilingan.
Bugungi kunda mamlakatimiz BMTning inson huquqlari bo‘yicha saksondan ziyod asosiy hujjatlari ishtirokchisi hisoblanadi. Milliy qonunchilikka implementatsiya qilingan ushbu hujjatlarning qoidalari insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarini himoya qilishni ko‘zda tutadi.
Tadbirda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlarining tadbirkorlik subyektlari huquq va manfaatlarini himoyalash, inson huquqlarini ta’minlash borasidagi ma’ruzalari tinglandi.
Bugungi kunda mamlakatimiz BMTning inson huquqlari bo‘yicha saksondan ziyod asosiy hujjatlari ishtirokchisi hisoblanadi. Milliy qonunchilikka implementatsiya qilingan ushbu hujjatlarning qoidalari insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarini himoya qilishni ko‘zda tutadi.
Tadbirda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlarining tadbirkorlik subyektlari huquq va manfaatlarini himoyalash, inson huquqlarini ta’minlash borasidagi ma’ruzalari tinglandi.