Biz – zo‘ravonlikka qarshimiz!
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “International Schol of Finance Technology and Science” universitetida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Biz – zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 10 maydagi “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasidagi tadbir jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasizlik muhitini yaratish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-22493]
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA