“Biz Vatan himoyachilari” (+video)
Farg‘ona davlat universitetida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va talabalar ishtirokida “Biz Vatan himoyachilari” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyatidagi harbiy qismlar va mudofaa fakulteti talabalari, universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.


Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini modernizatsiya qilish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.


Alohida qism soldat va zobitlari amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Shuningdek, harbiy xizmatning sharafli va foydali ekani, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, Vatanga sadoqatli xizmat qilish har bir yoshning burchi ekani uqtirildi.


Ochiq muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Tadbir yakunida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilarga samimiy tabriklar bildirildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Fjo8jeIT9Gk" title="“Biz Vatan himoyachilari”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA